Yaxshilarni izlab charchadim...
34, Asaka, Uzbekistan

Nonga emas mexrga zorman,
Ishonganim hudoga yorman.
Garchi hayot bog'ida borman,
Yaxshilarni izlab charchadim.

Ko'rdim Majnun kezgan saxroni,
Ko'rdim ishqda kuygan yomonni.
Dunyo ko'rib ko'rdim yomonni,
Yaxshilarni izlab charchadim.

Peshonamga ajinlar chizib,
Yillar o'tar yuragim ezib.
Tovonimda qoraqon suzib,
Yaxshilarni izlab charchadim.

Nola qildim otam ruxiga,
jala qildim onam ruxiga.
Odam madat odam ruxiga,
Yaxshilarni izlab charchadim


Liczba odwiedzin: 16
 
Komentarze

Na razie nie ma żadnych komentarzy.
Dodaj komentarz aby rozpocząć dyskusję!

Blog
Blogi są aktualizowane co 5 minut